18-may kuni Toshkentdan Tbilisiga birinchi reys amalga oshirildi, 24-may kuni esa Qora dengiz sohilidagi mashhur kurort shahar — Batumiga ilk parvoz bo‘lib o‘tdi. Har ikkala yo‘nalish zamonaviy Airbus A321 samolyotlarida bajariladi va EasyBooking tomonidan taklif etilayotgan sayohat paketlari yoki alohida chiptalar ko‘rinishida mavjud.
Iyundan boshlab parvozlar quyidagicha amalga oshiriladi:
-
Tbilisi — har payshanba va yakshanba
-
Batumi — har chorshanba va shanba
Dastur doirasida Toshkentdan haftasiga 5 tagacha, Samarqanddan esa 2 ta reys yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu esa sayohatchilarga Gruziyani yanada qulay va erkin rejalashtirish, hatto ikkala shaharni bir safarga birlashtirish imkonini beradi.
Gruziya O‘zbekistonlik sayohatchilar orasida yozgi dam olish uchun eng mashhur yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda — uning mo‘tadil iqlimi, tabiiy go‘zalligi, mazali taomlari va vizasiz kirish imkoniyati bu yurtni alohida jozibador qiladi.
Turlarni www.easybooking.travel sayti orqali yoki 1240 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib bron qilishingiz mumkin.