Alohida toifa yo‘lovchilarga va ularning bagajiga umumiy tashish qoidalari tatbiq etiladi, ular uchun qo‘shimcha qulayliklar taqdim etiladi va xavfsizlik darajasi ta'minlanadi, shuningdek maxsus tariflar qo‘llaniladi hamda davlat organlari talablariga rioya qilinadi.
Bolalar kattalar hamrohligida yoki ularsiz tashilishi mumkin, bu aviakompaniya bilan kelishilgan holda va tegishli reysda bunday imkoniyat mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi..
Kattalar hamrohligisiz bolalarni Tashuvchi tomonidan tashishga faqatgina ota-onalar yoki vasiylar tomonidan tegishli hujjat (“Tashish arizasi”) rasmiylashtirilgandan keyin qabul qilinadi, bunda bunday tashishning barcha zarur tafsilotlari ko‘rsatilishi kerak.
Kattalar hamrohligisiz bolalar xalqaro reyslarda 6 yoshdan 16 yoshgacha, ichki reyslarda esa 6 yoshdan 14 yoshgacha ota-onalarisiz va boshqa yo‘lovchilar hamrohligisiz qatnashgan holda tashiladi.
Ota-onalar yoki vasiylarning so‘rovi bilan bu talab 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ham tatbiq etilishi mumkin.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalar faqat kattalar hamrohligida tashiladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan voyaga yetmagan bola O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga kattalar hamrohligisiz chiqadigan bo‘lsa, u pasportdan tashqari, notarial tasdiqlangan ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar yoki homiylarning roziligini o‘zi bilan birga olib yurishi kerak. Rozilikda bola safar qiladigan davlatlar va safar muddati ko‘rsatilishi shart.