Toshkent shahri
Toshkent – ko’pchiligimiz qayta-qayta keladigan va har safar yangi kashfiyotlarni topadigan shahar.

Samarqanddan togridan-togri reyslar tufayli poytaxtga sayohatlar yanada oson va qulayroq boladi.

Toshkent har doim ajablantirishga tayyor: yangi sanat maydoni, mavzuli restoran yoki zamonaviy korgazma, jahon yulduzlarining konsertlari, Humo Arenada xokkey oyinlari va tunda ham toxtamaydigan hayot!

Poytaxtning gastronomik zavqlari alohida sarguzashtdir. Chorsu va Eski Juva kabi tanish joylar yangi lazzatlar va topilmalar bilan zavqlantiradi. Zamonaviy pazandachilikni afzal ko’radiganlar uchun esa shahar dunyoning istalgan oshxonasidan taomlarni taklif etuvchi shinam kafe va restoranlarga to’la. Yangilangan Taras Shevchenko ko’chasiga yoki Seul qirg’og’iga boring va o’zingizga yoqadigan joyni topishingiz aniq.

Toshkent nafaqat odatiy yo’nalishlar. Anhor kanali qirg’og’i bo'ylab sayr qilish, yangi bog’lar va san’at buyumlari bilan kutilmagan burchaklarning ochilishi har bir tashrifni shaharni boshqa tomondan kashf qilish imkoniyatiga aylantiradi.

Samarqanddan parvozlarni tanlang va har doim yanada ko’proq narsani taklif qiladigan shahar - Toshkentni yangidan boshdan kechiring.