Hurmatli yo‘lovchilar,
2025-yil 15-sentabrdan boshlab, mavsumiy jadvalga kiritilgan o‘zgarishlar sababli, Air Samarkand aviakompaniyasi Samarqand — Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha parvoz jadvaliga quyidagi o‘zgarishlarni kiritadi:
Dushanba: 9S-201 SKD–IST 05:10; 9S-202 IST–SKD 09:10
Juma: 9S-201 SKD–IST 08:10; 9S-202 IST–SKD 12:30 (mahalliy vaqt)
Payshanba reyslari (jumladan 18 va 25 sentabr hamda keyingilar) — bekor qilinadi.
Bekor qilingan reyslarga sotib olingan chiptalarni:
– boshqa sanaga bepul almashtirishingiz,
– yoki to‘liq qaytarib olishingiz mumkin.
Agar chipta airsamarkand.com saytida xarid qilingan bo‘lsa:
Agar chipta agentlik, aviakassa yoki boshqa onlayn platformalarda xarid qilingan bo‘lsa — qaytarish yoki almashtirish sizning sotuvchingiz tomonidan amalga oshiriladi.
Bu o‘zgarishlar reyslar jadvalini optimallashtirish va yangi yo‘nalishlarni ishga tushirishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilmoqda.