26-dekabrdan Air Samarkand Toshkent—Abu-Dabi yo‘nalishi bo‘yicha mavsumiy parvozlarni boshlaydi: har juma, qulay vaqtda, Airbus A321. Dastur 20-fevralgacha amal qiladi. Chiptalar airsamarkand.com saytida va O‘zbekiston bo‘ylab agentliklarda mavjud. 

“All-in-one” dam olishni xohlaydiganlar uchun EasyBooking va Kompas Tourdan paket turlar: 3–5★ mehmonxonalar, transferlar, ovqatlanish va sug‘urta; Yangi yil sanalarida — bayramona gala kechki ovqat. Tanlang: tayyor tur yoki faqat chipta — ikkala variantni ham oddiy va foydali qildik.

Yangi reys O‘zbekiston va BAAni yanada yaqinlashtiradi: qishki dam olish, yaqinlar bilan uchrashuvlar va ish safarlari uchun ko‘proq imkoniyatlar. Bortimizda kutamiz!