Hurmatli yoʻlovchilar!

Iyul oyidan boshlab ayrim reyslarimizda issiq ovqat berilishi toʻxtatiladi. Buning oʻrniga sizga tovuq yoki kurka goʻshti va sabzavotlar bilan tayyorlangan yangi sendvichlar, choy, qahva hamda salqin ichimliklar taklif etiladi. Hammasi — yangi, mazali va qulay!

Bu nima uchun zarur? Chunki biz shunday yoʻl bilan:
✔️ chipta narxlarini pasaytira olamiz,
✔️ barcha yuk va qoʻl yuki samolyotga sigʻishini kafolatlay olamiz,
✔️ chipta xarid qilgan barcha yoʻlovchilarni olib ketish imkonini ta’minlaymiz.

Issiq ovqat — bu katta hajm va ogʻirlik demakdir, ba’zida u kimningdir joyini egallashi ham mumkin!

Samarqand – Tel-Aviv yoʻnalishidagi reyslarda esa ovqatlanish tartibi oʻzgarmaydi:
yoʻlovchilarga avvalgidek issiq ovqat, jumladan, kosher menyusi taqdim etiladi.

Tushunganingiz uchun rahmat — va sizga yoqimli parvoz tilaymiz!