Hurmatli yo‘lovchilar!

Tel-Aviv Ben-Gurion aeroporti va mintaqa havo makonining vaqtincha yopilishi munosabati bilan, 2025-yil 29-iyun, yakshanba kungi 9S 501/502 Samarqand – Tel-Aviv reysi bekor qilindi.

Isroilga boshqa sanalardagi reyslar haqida qo‘shimcha ravishda xabar beramiz.

Reysi bekor qilingan barcha yo‘lovchilar oldindan e-mail orqali, shuningdek chiptalarni xarid qilgan joylarda — kassalar va sayyohlik agentliklarida xabardor qilinadi.

Agar sizda ushbu reysga chipta bo‘lsa, siz:
✅ to‘liq pulni qaytarib olishingiz, yoki
✅ parvozni boshqa sanaga ko‘chirishingiz mumkin.

Kontakt markazi: +998 (78) 888 10 10 (ish kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha)
E-mail: complaints@samair.uz

Yo‘lovchilar xavfsizligi — bizning eng ustuvor vazifamizdir. Tushunganingiz uchun tashakkur!