“Air Samarkand” aviakompaniyasi 2022-yil aprel oyida tashkil etilgan.
Birinchi samolyotimiz Samarqandga 2023-yil 2-noyabrda yetib kelgan, 2023-yil 29-dekabrda esa yo’lovchilar bilan birinchi tijoriy reysimizni amalga oshirdik. Muntazam parvozlar 2024-yil 21-mart kuni Istanbul yo’nalishida boshlangan.
Bizning parkimiz uchta samolyotni o’z ichiga oladi: Airbus A330, A321 va A321neo. Biz yaqin orada park va yo’nalishlar tarmog’ini sezilarli darajada kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Aviakompaniyamiz yangi Samarqand xalqaro aeroportida joylashgan bo’lib, u O’zbekistondagi eng zamonaviy va yo’lovchi tashish hajmi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi.
“Air Samarkand” aviakompaniyasiga o’zbekistonlik xususiy investor va tadbirkorlar, Samarqandning chinakam vatanparvarlari tomonidan shahar va mamlakat rivojiga katta hissa qo’shganlar tomonidan asos solingan.
“Air Samarkand” DNKsiga rivojlanish va innovatsiyalarga doimiy intilish qo’yilgan. Biz xavfsizlik, xizmat ko’rsatish va qulaylikning jahon standartlarini joriy qilamiz. Bizning marshrut tarmog’imiz doimiy ravishda kengayib bormoqda va bu Samarqandliklarga yanada qulayroq sayohat imkoniyatlarini taklif qilmoqda.
Maqsadimiz: Samarqand shahri va qo’shni viloyatlar aholisiga to’g‘ridan-to‘g‘ri mashhur yo‘nalishlarga sayohat qilish imkoniyatini ta’minlash, mehmonlarga esa oraliq nuqtalarni chetlab to’g’ridan-to’g’ri Samarqandga tashrif buyurishlarini ta’minlashdir.
“Air Samarkand” Samarqand viloyatini rivojlantirish bo’yicha yirik loyihaning bir qismi boʻlib, uning doirasida shaharda yangi aeroport, “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasi va boshqa bir qator ob’yektlar qurilmoqda.
Biz ko’p millatli va ko’p madaniyatli jamoamiz bilan faxrlanamiz. Styuardessalarimiz ko’plab tillarda, jumladan, o’zbek, ingliz, rus, tojik, turk, arab va boshqa tillarda so’zlashadi. Dunyoning yetakchi aviakompaniyalarida tajribaga ega turli mamlakatlarning eng yaxshi mutaxassislarini birlashtirib, biz ularning ilg’or tajribasini o’z faoliyatimizga singdiramiz.
Biz Samarqandni butun dunyodan kelgan sayohatchilar uchun Markaziy Osiyo darvozasiga aylantirishga intilamiz!