Hozirda aviakompaniya parki uchta samolyotdan iborat: uzoq masofaga uchuvchi Airbus A330 va ikkita o’rta masofaga uchuvchi A321 va A321neo. Bular yetakchi aviakompaniyalar tomonidan foydalaniladigan va butun dunyo bo’ylab yo’lovchilar tomonidan yuqori baholangan zamonaviy, qulay va ishonchli samolyotlardir. Biz parkni xuddi shunday turdagi samolyotlar bilan kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz.
“Air Samarkand” bilan marshrutingiz qayerda bo’lishidan qat’iy nazar, qaysi samolyotni tanlasangiz ham, siz doimo birinchi darajali xizmat, qulaylik, ajoyib atmosfera va yoqimli parvozga ishonishingiz mumkin!