Air Marakanda — O‘zbekiston Respublikasi aviatsiya sanoatida birinchi davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminaliga yer usti xizmati ko‘rsatish va boshqarish bo‘yicha operator kompaniya.
Easy Booking — bu aviachiptalar, mehmonxonalar, sayohatlar va transferlarni bron qilish uchun zamonaviy xizmat bo‘lib, foydalanuvchiga turistik muammolarni hal qilishda osonlik va qulaylikni ta’minlaydi.
Silk Road Samarkand — bu jahon darajasidagi 8 ta mehmonxona majmuasi, xalqaro kongress va ko‘rgazma markazlari, 14 ta alohida villa, kemalar qatnaydigan kanal va baliq ovlash uchun ko‘l, shuningdek, keng jamoat zonalari, bog‘lar va faol dam olish va sport zonalari. Shuningdek, markazda har qanday didga mos restoran, kafe va barlar, betakror muhit yaratadigan madaniy obyektlar mavjud.