Iyul oyidan boshlab ayrim reyslarimizda issiq ovqat berilishi toʻxtatiladi. Buning oʻrniga sizga tovuq yoki kurka goʻshti va sabzavotlar bilan tayyorlangan yangi sendvichlar, choy, qahva hamda salqin ichimliklar taklif etiladi. Hammasi — yangi, mazali va qulay!

Bu nima uchun zarur? Chunki biz shunday yoʻl bilan:
✔️ chipta narxlarini pasaytira olamiz,
✔️ barcha yuk va qoʻl yuki samolyotga sigʻishini kafolatlay olamiz,
✔️ chipta xarid qilgan barcha yoʻlovchilarni olib ketish imkonini ta’minlaymiz.

Issiq ovqat — bu katta hajm va ogʻirlik demakdir, ba’zida u kimningdir joyini egallashi ham mumkin!

Yaqin orada biz yangi xizmatni taqdim etamiz: menyu bo‘yicha issiq ovqatni oldindan buyurtma qilish. Siz chipta sotib olayotganda yoki parvozdan oldin qo‘shimcha ovqatni buyurtma qilishingiz mumkin, u maxsus siz uchun tayyorlanib yetkaziladi.

Tushunganingiz uchun rahmat — va sizga yoqimli parvoz tilaymiz!