1. Kirish
Air Samarkand aviakompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – “Kompaniya”, “biz”, “bizning”) sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishga va ularning maxfiyligi bo‘yicha huquqlaringizni Umumiy ma’lumotlarni himoya qilish reglamenti (GDPR) hamda boshqa tegishli ma’lumotlarni himoya qilish qonunlariga muvofiq hurmat qilishga sodiqdir. Ushbu Maxfiylik siyosati sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni qanday to‘plashimiz, foydalanishimiz, saqlashimiz va himoya qilishimizni tushuntiradi.
2. Biz kimmiz?
Biz GDPRga muvofiq ma’lumotlar nazoratchisi hisoblanamiz. Bu shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash maqsadlari va usullarini belgilashimizni anglatadi.
Bizning aloqa ma’lumotlarimiz:
- Kompaniya nomi: Air Samarkand
- Manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Samarqand shahri, Bog‘ishamol ko‘chasi, 23
- Elektron pochta: vasb@fnznve.hm
- Telefon: +998 78 888 10 10
Agar bizning Maxfiylik siyosatimiz yoki ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, Ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha mas’ul (Data Protection Officer, DPO) bilan bog‘lanishingiz mumkin:
3. Biz qanday ma’lumotlarni to‘playmiz?
Biz quyidagi shaxsiy ma’lumotlar toifalarini to‘plashimiz va qayta ishlashimiz mumkin:
- Identifikatsiya ma’lumotlari: to‘liq ism-familiya (F.I.O.), tug‘ilgan sana, pasport ma’lumotlari, viza ma’lumotlari.
- Aloqa ma’lumotlari: elektron pochta manzili, telefon raqami, pochta manzili.
- Moliyaviy ma’lumotlar: bank kartasi ma’lumotlari, to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
- Buyurtma qilish va parvoz ma’lumotlari: reys raqamlari, sanalar, yo'nalishlar, afzalliklar (masalan, samolyotdagi o‘rindiq tanlovi, taom).
- Texnik ma’lumotlar: IP-manzil, cookie ma’lumotlari, brauzer va qurilma haqidagi ma’lumotlar.
- Boshqa ma’lumotlar: biz bilan o‘zaro aloqada taqdim etgan ma’lumotlaringiz (masalan, shikoyatlar, mulohazalar).
4. Ma’lumotlarni qayta ishlash maqsadlari
Biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni quyidagi maqsadlarda qayta ishlaymiz:
- Shartnomani bajarish: buyurtma qilish, transport xizmatlarini ko'rsatish, to'lovlarni qayta ishlash.
- Qonunchilikka rioya qilish: bojxona, immigratsiya va boshqa normativ hujjatlar talablarini bajarish.
- Qonuniy manfaatlar: xizmatlar sifatini yaxshilash, firibgarlikning oldini olish, marketing tadqiqotlarni o‘tkazish.
- Rozilik: marketing materiallarini yuborish, xizmatlarni shaxsiylashtirish (faqat sizning roziligingiz bilan).
5. Ma’lumotlarni qayta ishlashning huquqiy asoslari
Biz sizning ma'lumotlaringizni quyidagi huquqiy asoslar bo‘yicha qayta ishlaymiz:
- Shartnoma ijrosi: tashish xizmatlarini ko‘rsatish uchun.
- Rozilik: marketing xabarnomalari va sizning roziligingizni talab qiladigan boshqa maqsadlar uchun.
- Qonuniy manfaatlar: xizmatlar sifatini yaxshilash va firibgarlikka qarshi kurashish uchun.
- Qonunchilikka rioya qilish: huquqiy majburiyatlarni bajarish uchun.
6. Ma'lumotlaringizni kimga beramiz?
Biz sizning ma’lumotlaringizni quyidagi toifadagi qabul qiluvchilarga taqdim etishimiz mumkin:
- Hamkorlar va pudratchilar: boshqa aviakompaniyalar, mehmonxonalar, sug‘urta kompaniyalari, to‘lov tizimlari.
- Davlat organlari: qonun hujjatlariga muvofiq bojxona, immigratsiya va boshqa organlar.
- Uchinchi shaxslar: faqat sizning roziligingiz bilan yoki shartnoma ijrosi doirasida.
7. Transchegaraviy ma’lumotlarni uzatish
Sizning ma’lumotlaringiz Yevropa Iqtisodiy Hududi (EIH) doirasidan tashqariga faqatgina ma’lumotlarni yetarli darajada himoya qiladigan davlatlarga yoki tegishli kafolatlar (masalan, Yevropa Komissiyasi tomonidan tasdiqlangan standart shartnomaviy bandlar) mavjud bo‘lganda uzatilishi mumkin.
8. Ma’lumotlaringizni qancha vaqt saqlaymiz?
Biz sizning ma’lumotlaringizni faqat qayta ishlash maqsadlariga erishish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida yoki qonun talablariga muvofiq saqlaymiz. Masalan:
- Buyurtma bo‘yicha ma’lumotlar parvoz tugaganidan keyin 5 yil davomida saqlanadi.
- Moliyaviy ma'lumotlar soliq qonunchiligi talablariga muvofiq saqlanadi.
9. Sizning GDPR ga muvofiq huquqlaringiz
GDPRga muvofiq, siz quyidagi huquqlarga egasiz:
- Kirish huquqi: shaxsiy ma’lumotlaringiz nusxasini so‘rashingiz mumkin.
- Tuzatish huquqi: noto‘g‘ri ma’lumotlarni to‘g‘rilashni talab qilishingiz mumkin.
- O‘chirish huquqi: agar ma’lumotlaringiz endi zarur bo‘lmasa, ularni o‘chirishni so‘rashingiz mumkin.
- Qayta ishlashni cheklash huquqi: muayyan holatlarda ma’lumotlarni qayta ishlashni cheklashni talab qilishingiz mumkin.
- Ma’lumotlarni ko‘chirish huquqi: ma’lumotlaringizni boshqa ma’lumotlar nazoratchisiga o‘tkazishni talab qilishingiz mumkin.
- E’tiroz bildirish huquqi: qonuniy manfaatlar asosida ma’lumotlarni qayta ishlashga e’tiroz bildirishingiz mumkin.
- Rozilikni qaytarish huquqi: agar qayta ishlash sizning roziligingiz asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, uni istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.
Huquqlaringizni amalga oshirish uchun yuqorida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
10. Cookies va shunga o‘xshash texnologiyalardan foydalanish
Bizning veb-saytimiz foydalanuvchi tajribasini yaxshilash, trafikni tahlil qilish va tarkibni shaxsiylashtirish uchun cookies-dan foydalanadi. Cookies sozlamalarini brauzeringiz orqali boshqarishingiz mumkin.
11. Maxfiylik siyosatidagi o‘zgarishlar
Biz ushbu Maxfiylik siyosatini yangilashimiz mumkin. Barcha o‘zgartirishlar bizning veb-saytimizda e’lon qilinadi. O'zgartirishlar kiritilgandan so'ng xizmatlarimizdan foydalanishni davom ettirishingiz ushbu yangilangan siyosatga rozilik bildirishingizni anglatadi.
12. Aloqa ma'lumotlari
Agar shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash bo‘yicha savollar yoki shikoyatlaringiz bo‘lsa, quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:
Bundan tashqari, siz o‘zingizning davlatingizdagi ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha nazorat organiga shikoyat berish huquqiga egasiz.
Oxirgi yangilanish sanasi: 11.03.2025