Yo’lovchilarning qulayligi uchun, Samarqand xalqaro aeroporti kirish qismida maxsus chaqiruv tugmasi o’rnatilgan bo’lib, uni bosish orqali siz darhol axborot xizmati xodimi bilan videomuloqot o’rnatib, kerakli yordam olishingiz mumkin.

Bundan tashqari, ushbu xizmatni oldindan rasmiylashtirish uchun o’z reysingizni ko’rsatgan holda vasb@fnznve.hm elektron manziliga so’rov yuborishingiz yoki bevosita aeroport terminalida joylashgan Air Samarkand axborot kioskiga murojaat qilishingiz mumkin.

Biz barcha yo’lovchilar uchun maksimal darajada qulay sharoit yaratishga intilamiz.