Yo’lovchilarning qulayligi uchun biz parvoz vaqtida va aeroportda mavjud bo’lgan qo’shimcha xizmatlarni taklif qilamiz. Quyida ularning joriy tariflari va taqdim etish shartlari keltirilgan.
Agar sizning bagajingiz belgilangan me’yordan oshsa, ortiqcha vazn uchun har bir qo‘shimcha kilogramm uchun 5 dan 10 USD to‘lov qilishingiz mumkin. Narx yo‘nalishga bog‘liq.
Hayvonlar aviakompaniya qoidalariga muvofiq samolyotning yuk bo’limida yoki salonida tashiladi. Tashish tarifi (katak vazni bilan birga) har bir kilogramm uchun 10 dan 20 USD.
Aviakompaniya quyidagi turdagi nogironlar aravachalarini tashishga qabul qiladi: WCHC, WCHS, WCHR. Aeroportda yo’lovchilarning qulayligi uchun ambuliftdan foydalanish mumkin. E’tibor bering, bortda tibbiy to’shak (nosilkalar) mavjud emas.
Yo’lovchilar Samarqand aeroportidagi VIP-zal xizmatidan foydalanishlari mumkin. Xizmat narxi:
Parvozni kutayotgan yo’lovchilar Samarqand aeroportidagi CIP-zal xizmatidan foydalanishlari mumkin. Xizmat narxi:
Muhim: Hozirda SKD aeroportidagi VIP va CIP zallarda Mastercard va Visa kartalari qabul qilinmaydi. To’lov faqat naqd pul yoki mahalliy Humo/Uzcard kartalari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Savollaringiz bo’lsa, iltimos, biz bilan vasb@fnznve.hm manzili orqali bog’laning.