Agar parvoz vaqti kechiktirilsa yoki bekor qilinsa nima qilish kerak?

Parvoz kechiktirilgan taqdirda, aeroport yoki aviakompaniya xodimlari sizga barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etadilar. Agar u bekor qilinsa, biz sizga muqobil parvoz variantlarini taqdim etamiz yoki “Aviakompaniya qoidalariga” muvofiq zararni qoplaymiz.

Qoidalarga ko’ra, aviakompaniyaning aybi, ob-havo, texnik yoki boshqa sabablarga ko’ra parvoz kechiktirilgan, parvoz bekor qilingan yoki yo’nalish o’zgargan taqdirda, sizga quyidagi xizmatlar bepul taqdim etiladi:

  • 7 yoshgacha bo’lgan bolalari bo’lgan yo’lovchilarni ona va bola xonasida joylashtirish;
  • 2 soatdan ortiq: ikkita telefon qo’ng’irog’i yoki ikkita elektron pochta xabarini yuborish;
  • 2 soatdan ortiq: salqin ichimliklar bilan ta’minlash;
  • 4 soatdan ortiq: yo’ovchilarni issiq ovqat bilan ta’minlash va keyin kunduzi har 6 soatda va kechasi 8 soatda yegulik bilan ta’minlash;
  • kunduzi 10 soatdan ortiq va kechasi 6 soatdan ortiq: yo’lovchilarni mehmonxonada joylashtirish;
  • yukni saqlash.

Kechikish chiptada jo’nash vaqti sifatida ko’rsatilgan vaqtdan boshlab hisoblanadi.