Bizning aviakompaniyamiz faol rivojlanmoqda va yo’lovchilarning barcha ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Bugun biz bortda keng ko’lamli xizmatlarni taklif qilamiz, jumladan, issiq ovqat yoki gazaklar va ichimliklar taqdim qilamiz. Menyu parvoz davomiyligi, manzil va mavsumga qarab farqlanadi.
Samolyot turiga qarab, eng yangi va klassik filmlar, teleseriallar, turli tillardagi musiqa va video o’yinlar, shuningdek, 220V yoki USB zaryadlovchi qurilmasi bilan jihozlangan individual ko’ngilochar markazdan foydalanishingiz mumkin.
Bizning styuardessalarimiz parvoz vaqtida savollaringizga javob berishdan xursand bo’lishadi! Styuardessaga qo’ng’iroq qilish uchun o’rindiq ustidagi panelda joylashgan qo’ng’iroq tugmasini bosishingiz mumkin.