Juma kunlari amalga oshiriladigan yangi reys Toshkentni Vyetnamning eng katta oroli bilan bog‘lab turadi. Reyslar Crystal Bay Tourism turoperatori bilan hamkorlikda tashkil qilingan.

1 noyabrdan boshlab aviqatnovlar har juma kuni soat 23:55 da Toshkent xalqaro aeroportidan amalga oshirilib, parvoz vaqti 7 soatu 5 daqiqa davom etadi. Parvozlar 36 ta yuqori darajadagi qulay o‘rinli va 277 ta ekonom-klass o‘rinlariga ega Airbus A330-300 samolyotida amalga oshiriladi. Qaytish reysi Fukuokdan mahalliy vaqt bilan 11:00 da boshlanib, Toshkentga 16:00 da layner yetib keladi.


Ushbu reys Air Samarkand va shtab-kvartirasi Vyetnamda joylashgan Crystal Bay turoperatori o‘rtasidagi hamkorlikning yangi bosqichidir. Bundan avval kompaniyalar Vyetnamning yana bir mashhur oroli Nyachangga uchish bo‘yicha parvoz dasturini hayotga muvaffaqiyatli tatbiq qilishgan edi. Crystal Bay kompaniyasining turpaketlari O‘zbekistondagi ko‘plab sayyohlik agentliklari orqali, shuningdek, onlayn tarzda tarqatiladi. Crystal Bay Tourism shuningdek, B2B-tizimini ham taklif etib, bu bilan turistik agentliklar o‘z mijozlari uchun sayohatlarni oson tanlashlari va oldindan band qilishlari mumkin.


Bundan tashqari, Air Samarkand kompaniyasining Toshkentdan Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti (BAA) Abu-Dabiga har haftalik reysi endi Al-Aynedagi aeroport o‘rniga asosiy Zayed nomidagi xalqaro aeroportga (AUH) amalga oshiriladi. 3 soat 40 daqiqa davom etadigan yo‘nalish bo‘yicha parvozlar 12 ta yuqori darajadagi qulay o‘rinli va 182 ta ekonom-klass o‘rinlariga ega Airbus A321 samolyotida bo‘lib o‘tadi.


2024-yil sentyabr oyida Air Samarkand Samarqanddan Toshkentga reyslarni yo‘lga qo‘ydi va mamlakatimizning ikki yirik shahrini haftasiga ikki marta Airbus A321 samolyotida muntazam parvozlar bilan bog‘ladi. Samolyotlar har juma va yakshanba kunlari ertalab Samarqanddan uchib ketib, O‘zbekiston poytaxtiga 50 daqiqada yetib boradi. Toshkentdan Samarqandga qaytib kelish reyslari kechqurun xuddi shu kunlarda tashkil qilinadi.


“Marshrut tarmog‘imizni muntazam va charter reyslari bilan kengayishi yo‘lovchilarimizga yanada ko‘proq imkoniyat, moslashuvchanlik va qulaylikni taqdim etadi va umuman turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shadi”, - dedi Air Samarkand bosh direktori Zafar Butayev. “Biz parvoz xaritamizga yangi shaharlar va mamlakatlarni qo‘shilishidan juda mamnunmiz va yangi reyslar yuqori talabga ega bo‘lishiga aminmiz”.


Crystal Bay Uzbekistan bosh direktori Odiljon Meliquziyev qo‘shimcha qildi: “Air Samarkand bilan charter dasturlarimiz kengaytirilganidan xursandmiz. Aviakompaniya yuqori sifatli xizmat va arzon narxlarni taqdim etishi bilan ajralib turadi. Bizning hamkorligimiz mijozlarimizga issiq mamlakatlarda yangi yo‘nalishlarni, shu jumladan Vyetnamdagi mashhur kurortni taklif qilishimizga imkon berdi”.


Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida Air Samarkand Istanbulga parvozlar sonini haftasiga uchtagacha oshirdi. Iyul oyi oxirida aviakompaniya ziyorat turizmini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jidda (Saudiya Arabistoni) ga parvozlarni boshladi. Hozirda aviakompaniya haftasiga yettitagacha reysni - uchtasi Samarqanddan va bittadan Termiz, Farg‘ona, Buxoro va Namangandan amalga oshirmoqda. Air Samarkand shuningdek Airbus A321 neo samolyotida Sharm el-Sheykh, Misrga parvozlarni yo‘lga qo‘ygan.