Sizni katta taassurotlarga boy Turkiyaga sayohatga taklif qilamiz. Siz buyuk tarixga, madaniy merosga va tabiiy diqqatga sazovor joylarga boy ajoyib mamlakat bilan tanishasiz.Turkiyada hamma o’zi uchun ajoyib arxeologik joylardan tortib Egey va O’rta yer dengizi sohillaridagi go’zal plyajlargacha bo’lgan joylarni topadi.Istanbuldagi Sultonahmet, Antaliya va Efes shahridagi muzeylar va shu kabi tarixiy diqqatga sazovor joylar ulug’vorligi va go’zalligi bilan sizni hayratda qoldiradi.Faol sayr qiluvchilar uchun turli xil sayohatlar va sarguzashtlar tayyor: tog’ yo’llari bo’ylab sayr, qirg’oq bo’yida suv sporti va chang’i kurortlarida qishki dam olish shular jumlasidandir.Milliy turk taomlarini tatib ko’rishni unutmang, shuningdek, turk mehmondo’stligi, an’anaviy bozorlar va rastalar muhitidan bahramand bo’ling.
Air Samarkand bilan Turkiyaga sayohatingiz yanada qiziqarli va qulay o’tadi!
Istanbul Aeroporti
Dunyodagi eng yirik va zamonaviy aeroportlardan biri bo’lgan Istanbul aeroporti nafaqat Turkiya uchun asosiy transport markazi, balki Yevropa va Osiyo o’rtasidagi muhim transfer joyidir. Zamonaviy dizayn, yuqori darajadagi xizmat ko’rsatish va ko’plab qulayliklar ushbu aeroportni transferlar uchun eng muhim joyga aylantiradi. Uzluksiz ish faoliyati va samarali transfer tizimi bilan sayohatchilar xavfsiz va qulay tarzda parvozlarini davom ettirishlari mumkin. Istanbul aeroporti, shuningdek, yo’lovchilar reyslarni kutish vaqtida turli xil do’konlar, restoranlar va dam olish joylariga tashrif buyurishlari mumkin.