Joriy yilning 22-sentyabr kuni “Airbus A321” samolyoti Toshkentdan Al-Ayn shahriga ilk parvozni amalga oshirdi.

Aytish joizki, Al-Ayn Birlashgan Arab Amirliklarning to’rtinchi yirik shahri hisoblanadi. Shahar muhim madaniy markaz bo’lib, mamlakat tarixida alohida rol o’ynaydi.

Air Samarkand kompaniyasining “Airbus A321” samolyoti yuqori darajadagi qulaylikni ta’minlaydigan 12 ta keng biznes-klass va 182 ekonom-klass o’rindiqga ega.

 “Biz parvozlar xaritamizda yana bir yo’nalish va yangi mamlakat paydo bo’lganidan xursandmiz. Ishonchim komilki, ushbu yo’nalish sayyohlar uchun manzur bo’ladi.” - dedi kompaniya bosh direktori Zafar Abdullayev.

Kompaniya axborot xizmatining xabar qilishicha, parvozlarning dastlabki bosqichida reyslar haftada bir marta - yakshanba kunlari amalga oshiriladi.